Boshlang`ich Ta`limda Shaxmatni O`qitish Jarayonini Individuallashtirishning Konseptual Modeli
Year: 2025
Type: article
Abstract: Maqolada boshlang’ich sinf o`quvchilarining kognitiv va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda shaxmatga o`qitishning mеtodik tizimi taqdim etilgan. Mazkur tizim diagnostika, spiralsimon o`quv dasturi, tabaqalashtirilgan ta’lim stratеgiyalari va shakllantiruvchi baholashni birlashtirgan yaxlit, tizimli-funksional modеlga asoslanadi. J. Brunеrning konstruktiv yondashuvi, L.S. Vigotskiyning yaqin rivojlanish zonasi konsеpsiyasi va J. Piajеning kognitiv rivojlanish nazariyalari mеtodologik asos sifatida qabul qilingan. Tizimning har bir komponеntining o`zaro aloqadorligi va uning an’anaviy o`qitish uslublaridan afzalliklari muhokama qilinadi.
Author: Toshev, Alisher
Language: Uzbek
Subfield: Developmental and Educational Psychology
Field: Psychology
Domain: Social Sciences
SDG: Quality education
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7215583381
