Work

Maktab Direktorlarining Mediakompetentligini Rivojlantirish Mexanizmlari Samaradorligi: Tajriba-sinov Natijalari Va Statistik Tahlil

Year: 2026
Type: article
Study design: Clinical Trial
Abstract: Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlarining mediakompetentligini rivojlantirishga qaratilgan mualliflik modeli va tashkiliy-pedagogik mexanizmning samaradorligi kvazi-eksperimental pretest–posttest dizayn asosida baholangan. Tajriba-sinovda jami 3 910 nafar respondent ishtirok etib, 1 938 nafari tajriba va 1 972 nafari nazorat guruhini tashkil etgan. Tajriba guruhida yuqori mediakompetentlik darajasi 27,8 foizdan 68,4 foizgacha oshgan, past daraja esa 36,2 foizdan 5,2 foizgacha kamaygan. Yakuniy bosqichda tajriba va nazorat guruhlari taqsimoti o‘rtasidagi farq χ²=792,445; df=2; p<0,001 bo‘lib, Cramer V=0,450 ta’sir kattaligi aniqlangan. Yuqori darajaga erishishning nisbiy xavfi RR=2,357, imkoniyatlar nisbati OR=5,290, absolyut farq 39,4 foiz punktni tashkil etgan. Natijalar diagnostika, differensial o‘quv trayektoriyasi, media keys, simulyatsiya, elektron portfolio, mentorlik va ish joyiga transferni birlashtirgan tizimli pedagogik mexanizmning amaliy samaradorligini qo‘llab-quvvatlaydi.
Language: English
Subfield: Education
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7215623810
FWCI:
Cites: 8
Cited by:
Related to: 10