Year: 2025
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada moybo'yoqning rangtasvir san'atidagi badiiy ifodalash imkoniyatlari va yaratilgan asarlarning mustahkamligi va uzoq saqlanishini ta'minlashdagi ahamiyatini san'atshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Tadqiqotda moybo'yoqning rang koloritining boyligi, erkin ishlanishi va chidamlilik kabi asosiy xususiyatlari ko'rib chiqilgan. XV asrdan XX asrgacha bo'lgan davrdagi Yan van Eyk, Leonardo da Vinchi, Rembrand, Van Gog kabi buyuk rassomlarning o'ziga xos texnikalari (masalan, lessirovka, sfumato, impasto) batafsil o'rganilib, bu usullarning badiiy ifoda yaratishdagi roli ochib berilgan. Shuningdek, moybo'yoq texnikasi tempera va freska kabi boshqa rangtasvir uslublari bilan qiyosiy tahlil qilinib, uning moslashuvchanligi, xatolarni tuzatish imkoniyati va rang gradatsiyasidagi ustunligi ilmiy asoslangan. O'zbekiston rangtasvir san'atida moybo'yoq ustida ijod qilgan taniqli rassomlarning (O'rol Tansiqboyev, Chingiz Ahmarov va boshqalar) asarlari orqali ushbu texnikaning milliy san'atdagi o'rni ta'kidlangan. Maqolada moybo'yoqning sekin qurish va boy ranglarni yaratish imkoniyati tufayli eng mukammal badiiy ifoda vositasi bo'lib qolayotganini, shuningdek, asarlarning ming yillar davomida saqlanishini ta'minlashdagi ahamiyati asoslangan.
Source: Art and Design Social Science
Language: English
Subfield: Archeology (arts and humanities)
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7217632101
