Oliy Ta'limda Pedagog Kadrlar Malakasini Oshirish Jarayonida Raqamli Kompetensiyalarni Baholashning Yangi Mexanizmlari
Year: 2025
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalarida pedagog kadrlar malakasini oshirish jarayonida raqamli kompetensiyalarni baholashning zamonaviy mexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqot Scopus va Web of Science ma'lumotlar bazalarida indekslangan 20 ta ilmiy maqolani o'z ichiga oladi. Maqolada DigCompEdu, TPACK va UNESCO ICT-CFT kabi xalqaro ramkalar, o'z-o'zini baholash vositalari, sun'iy intellekt va mashinaviy o'rganishga asoslangan baholash usullari, elektron portfolio va o'quv tahlillari (learning analytics) mexanizmlari ko'rib chiqilgan. COVID-19 pandemiyasining pedagog kadrlarning raqamli kompetensiyalariga ta'siri alohida o'rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, raqamli kompetensiyalarni baholash mexanizmlari uzluksiz takomillashib bormoqda va sun'iy intellektga asoslangan adaptiv baholash tizimlari istiqbolli yo'nalish hisoblanadi.
Source: Miasto Przyszłości
Author: Alimdjanovna, Akbarova Nigora
Language: English
Subfield: Education
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
SDG: Quality education
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7219286423
