Work

“badiiy Kulolchilikda Loy Materialining Xususiyatlari Va Undan Foydalanish Texnologiyasi”

Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada badiiy kulolchilikda asosiy xomashyo sifatida qo‘llaniladigan loy materialining fizik va texnologik xususiyatlari, uni tanlash, tayyorlash hamda undan badiiy buyumlar yaratish jarayonlari tahlil qilinadi. Loyning plastikligi, yopishqoqligi, namligi, maydalanish darajasi, qurish va pishirish jarayonidagi xususiyatlari kulolchilik buyumlarining sifatiga ta’sir etuvchi muhim omillar sifatida yoritiladi. Shuningdek, loyni tozalash, elash, namlash, aralashtirish, yetiltirish va ishlashga tayyorlash bosqichlari, shakl berish, quritish, bezash va pishirish jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi. An’anaviy kulolchilik tajribalarida loydan foydalanish usullari hamda zamonaviy badiiy kulolchilikda material xususiyatlarini hisobga olishning ahamiyatiga e’tibor qaratiladi.
Language: English
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7220008590
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10