Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada chiqindisiz iqtisodiyotning iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. O‘zbekistonda ushbu tamoyillarni joriy etish bo‘yicha davlat siyosati, huquqiy asoslar va chiqindilarni boshqarish tizimini modernizatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maishiy chiqindilar hajmi, qayta ishlash darajasi va infratuzilma rivoji statistik ma’lumotlar asosida baholangan. Chiqindilarni qayta ishlashni kengaytirish, eko-sanoat parklarini rivojlantirish, chiqindilardan energiya olish va raqamli texnologiyalarni qo‘llash samaradorligi yoritilgan.Tadqiqotda sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish va ekologik madaniyatni oshirish bo‘yicha takliflar berilgan.
Source: Modern education and development
Authors: Valiyev B.B., Anarkulov A.D.
Language: English
Subfield: Strategy and Management
Domain: Social Sciences
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7220046648
