Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada kasalxona ichki infeksiyalarining (nozokomial infeksiyalar) kelib chiqish sabablari, tarqalish mexanizmlari va ularning oldini olishda gigiyenik profilaktikaning o‘rni yoritiladi. Shuningdek, tibbiyot muassasalarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish, sterilizatsiya va dezinfeksiya jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish, tibbiyot xodimlari va bemorlar o‘rtasida infeksion xavfsizlikni ta’minlash masalalari tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy profilaktika usullari, jumladan, qo‘l gigiyenasi, individual himoya vositalaridan foydalanish hamda epidemiologik nazoratni kuchaytirishning ahamiyati ilmiy asosda bayon etilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, gigiyenik choralarni tizimli ravishda qo‘llash kasalxona ichki infeksiyalar tarqalishini sezilarli darajada kamaytirishga xizmat qiladi.
Institution: Tashkent State Medical University
Language: English
Subfield: Infectious Diseases
Field: Medicine
Domain: Health Sciences
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7220058908
