Ko‘p Bosqichli Logistika Tarmoqlarida Minimal Xarajatli Maksimal Oqim Modelini Ishlab Chiqish Va Tahlil Qilish
Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada ko‘p bosqichli logistika tarmoqlarida yuklarni optimal taqsimlash masalasi minimal xarajatli maksimal oqim modeli asosida tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi logistika tizimlarida resurslardan samarali foydalanish hamda umumiy transport xarajatlarini minimallashtirishdan iborat. Maqolada oqim tarmoqlari nazariyasiga asoslangan holda matematik model ishlab chiqilgan bo‘lib, unda tugunlar va qirralar orqali logistika jarayonlari ifodalangan. Shuningdek, sovuq zanjir sharoitida vaksinalarni tarqatish masalasi amaliy misol sifatida ko‘rib chiqilgan. Ushbu jarayonda harorat rejimini saqlash, transport sig‘imi va yetkazib berish xarajatlari kabi muhim omillar hisobga olingan. Masalani yechishda minimal xarajatli maksimal oqimni topishga mo‘ljallangan algoritmik yondashuv qo‘llanilib, optimal yechim aniqlangan. Olingan natijalar logistika tarmoqlarida xarajatlarni kamaytirish va yetkazib berish samaradorligini oshirish imkonini berishini ko‘rsatadi. Taklif etilgan model va usullar amaliy logistika tizimlarida, xususan, tibbiyot va farmatsevtika sohalarida keng qo‘llanilishi mumkin.
Source: Modern education and development
Language: English
Subfield: Computational Theory and Mathematics
Field: Computer Science
Domain: Physical Sciences
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7220094033
