Maktabgacha Ta’lim Tashkilotlari Rahbarlarining Konfliktologik Kompetentligi: Tashkiliy Omillar Va Empirik Holatning Tahlili
Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining konfliktologik kompetentligi ikki jihatda – nizolarning yuzaga kelishiga zamin yaratuvchi tashkiliy omillar va rahbarlarning mavjud tayyorgarlik darajasi bo‘yicha tahlil qilingan. Rasmiy statistik ma’lumotlar, normativ hujjatlar, mahalliy tajriba-sinov natijalari va xalqaro qiyosiy ko‘rsatkichlar ikkilamchi tahlil usuli bilan o‘rganildi. Tahlil natijasida 2024-yilda bolalar sonining o‘sishi (8,3 %) pedagoglar sonining o‘sishidan (4,2 %) ikki baravar tez kechgani, natijada bir pedagogga to‘g‘ri keluvchi bolalar soni 13,46 nafarga yetgani; qamrovdagi hududiy farq 22,3 foiz punktni tashkil etgani; majburiy menejerlik sertifikatlash tartibi tashkilotlarning taxminan 81,9 foiziga tatbiq etilmasligi aniqlandi. Ikki mustaqil tajriba-sinovda maqsadli pedagogik ta’sirdan so‘ng past darajadagi rahbarlar ulushi 35,3 % dan 15,7 % ga va 44,7 % dan 14,9 % ga kamaygan. Xulosa sifatida konfliktologik kompetentlik o‘zgarmas shaxsiy xususiyat emas, rivojlantiriladigan kasbiy sifat ekani asoslangan hamda milliy monitoring indikatorlarini joriy etish taklif qilingan.
Institution: Oriental Universiteti
Language: English
Domain: Social Sciences
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7220098626
