"qissa Janrida Tabiat Tasvirining Badiiy-estetik Va Poetik Funksiyalari" (normurod Norqobilov Qissalari Misolida)
Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada o‘zbek nasrida qissa janrining muhim tarkibiy unsurlaridan biri bo‘lgan tabiat tasvirining badiiy-estetik va poetik funksiyalari Normurod Norqobilov qissalari misolida ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Adib ijodida tabiat faqat voqea-hodisalarning fonini tashkil etuvchi unsur sifatida emas, balki qahramonlarning ruhiy holati, ichki kechinmalari, ijtimoiy muhit bilan munosabati va hayot falsafasini ochib beruvchi muhim badiiy vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada Norqobilov qissalarida uchraydigan tabiat manzaralari — tog‘, dasht, daryo, fasllar almashinuvi va ob-havo tasvirlarining ramziy-majoziy ma’nolari ochib beriladi. Shuningdek, tabiat tasviri orqali muallifning inson va tabiat uyg‘unligi, milliy mentalitet, axloqiy qadriyatlar hamda ekologik tafakkur masalalariga bo‘lgan munosabati yoritiladi. Tadqiqot davomida tabiat obrazining kompozitsion, psixologik, ramziy va estetik funksiyalari aniqlanib, ularning qissa janridagi poetik ahamiyati asoslab beriladi. Maqola o‘zbek adabiyotshunosligida qissa janrini poetik tahlil qilishda tabiat tasvirining o‘rni va ahamiyatini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.
Author: Latofat Abdullayeva Husanovna
Language: English
Subfield: Literature and Literary Theory
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7220143991
