Work

Elektron Hukumat Va Barqaror Rivojlanish Maqsadlari: Tizimli Adabiyotlar Sharhi

Year: 2025
Type: article
Study design: Systematic Review
Abstract: Elektron boshqaruv butun dunyo bo‘ylab davlat institutlarini transformatsiya qilishda muhim omilga aylangan. Tez sur'atlarda rivojlanayotgan raqamli davrda turli mamlakatlar hukumatlari samaradorlikni, shaffoflikni va qaror qabul qilish jarayonlarida jamoatchilik ishtirokini oshirish maqsadida axborotkommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) tobora keng qo‘llamoqda. Ushbu maqola so‘ngi yillarda elektron boshqaruv va barqaror rivojlanish maqsadlarini tizimli o‘rgangan turli ilmiy tadqiqotlarni tushuntirishga maqsad qiladi. Tanlash va chiqarib tashlash mezonlari asosida elektron boshqaruv va barqaror rivojlanish maqsadlariga oid jami 20 dan ziyod maqola aniqlangan. Natijada, ushbu tadqiqot elektron boshqaruvning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qanday yordam berishi, shuningdek, ularning davlat siyosati va kelajakdagi boshqaruv amaliyotlariga ta’siri borasida ilmiy bilimlarni sezilarli darajada boyitadi.
Language: English
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7220159553
FWCI:
Cites: 12
Cited by:
Related to: 10