Work

7–9-sinf O‘quvchilarining Ingliz Tilidagi Pragmatik Kompetensiyasini Rivojlantirishda Gamifikatsiyalangan Ssenariylarning Samaradorligi

Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada 7–9-sinf o‘quvchilarining ingliz tilidagi pragmatik kompetensiyasini rivojlantirishda gamifikatsiyalangan kommunikativ ssenariylarning kutiladigan samaradorligi zamonaviy empirik tadqiqotlar sintezi asosida tahlil qilinadi va uch yillik longitudinal tajriba-sinov uchun baholash dizayni ishlab chiqiladi. Gamifikatsiya bo‘yicha meta-tahlillar motivatsiya, avtonomiya va guruhga daxldorlikka ijobiy ta’sir mavjudligini ko‘rsatsa-da, aniq til natijalariga ta’sirni o‘lchashda metodologik bo‘shliqlar saqlanayotgani aniqlanadi. Pragmatik trening bo‘yicha eksperimental tadqiqotlar esa explicit va faoliyatga asoslangan ta’limning pragmatik ko‘nikmalarni rivojlantira olishini tasdiqlaydi. Shu asosda pragmatik moslik, nutqiy aktni bajarish, sotsiopragmatik differensiallash, interaksion strategiya va metapragmatik refleksiyani o‘lchaydigan ko‘p manbali baholash tizimi taklif etiladi.
Language: English
Field: Psychology
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7220267549
FWCI:
Cites: 5
Cited by:
Related to: 10