Year: 2025
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada arxaik jamiyatlarda siyosiy hokimiyatning madaniy ildizlarini chuqur tahlil qiladi. Qadimgi Misr, Mesopotamiya, Xitoy va Hind vodiysi tsivilizatsiyalarida hokimiyatni shakllantirish va qonuniylashtirishda din, mifologik e‟tiqodlar, ramziy marosimlar, an‟anaviy qoidalar va yozuvning muhim roli ko„rib chiqiladi. Hukmdorlarning ilohiy vakolat sifatida tasvirlanishi, diniy marosimlarning jamiyatni birlashtiruvchi kuchi va yozma qonunlarning hokimiyatni rasmiylashtirishdagi ahamiyati alohida e‟tibor markazida. Shu bilan birga, ushbu madaniy asoslarning zamonaviy boshqaruv tizimlari va ijtimoiy tuzilmalarga ta‟siri o„rganilib, o„tgan davrlarning bugungi kunga meros qoldirgan saboqlari yoritiladi. Tarix, madaniyat va siyosatshunoslik sohasiga qiziqqan keng o„quvchilar uchun mo„ljallangan ushbu maqola o„zining dolzarbligi va tushunarli bayoni bilan ajralib turadi.
Author: Ro’zimatov Farruhbek
Language: English
Topic: Ancient Near East History
Subfield: Archeology (arts and humanities)
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7220534604
