Kontreyler Tashishlarini Tashkil Etishda Yuk Oqimlarini Transport Tarmog'i Bo'yicha Taqsimlash
Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada kontreyler tashishlarini tashkil etishda yuk oqimlarini avtomobil va temir yo'l transporti o'rtasida taqsimlash masalasi ko'rib chiqilgan. Kontreyler tashishlariga bo'lgan talabni aniqlash, OD yuk oqimlarini transport tarmog'i bo'yicha taqsimlash hamda mavjud temir yo'l va terminal quvvatlarini hisobga olishga asoslangan yondashuv ishlab chiqilgan. Modelda tashish jarayonining xarajat, vaqt, ishonchlilik va ekologik ko'rsatkichlari hamda infratuzilmaviy cheklovlar o'zaro bog'liq holda hisobga olinadi. Mazkur yondashuv kontreyler tashishlariga yo'naltirilishi mumkin bo'lgan yuk oqimlarini aniqlash va ularning transport tarmog'ida taqsimlanishini baholash imkonini beradi.
Institution: Tashkent State Transport University
Language: Uzbek
Subfield: Industrial and Manufacturing Engineering
Field: Engineering
Domain: Physical Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7220926625
