Work

Ai-driven Formative Feedback Asosida Talabalarning Yozma Savodxonligini Rivojlantirish Metodikasi

Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada sun’iy intellektga asoslangan formativ teskari aloqa (AI-driven formative feedback) vositalaridan foydalanish orqali talabalarning ingliz tilidagi yozma savodxonligini rivojlantirish metodikasi tadqiq etiladi. Zamonaviy xorijiy tadqiqotlarda sun’iy intellekt asosidagi teskari aloqa grammatik aniqlik, lug‘at boyligi, matnning tashkil etilishi va talabalar tomonidan qayta tahrirlash jarayonining faollashishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Shu bilan birga, sun’iy intellekt tomonidan berilgan teskari aloqani talaba tomonidan tanqidiy baholash va o‘qituvchi rahbarligida qayta ishlash zarurati saqlanib qolmoqda. Maqolada AI-driven formative feedbackning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinib, uning asosida “yozish – AI feedback – tahlil – qayta yozish – refleksiya” sikliga asoslangan metodik model taklif etiladi. Modelning mazmuni, bosqichlari, o‘qituvchi va talabaning funksiyalari, baholash mezonlari hamda samaradorlikni aniqlash usullari yoritiladi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi AI feedbackni tayyor javob beruvchi vosita sifatida emas, balki talabaning mustaqil tahrirlash, refleksiya va yozma kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan formativ pedagogik mexanizm sifatida talqin qilish bilan belgilanadi.
Language: English
Subfield: Education
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7221416454
FWCI:
Cites: 15
Cited by:
Related to: 10