Usmon Nosir Adabiyot Chashmasi
Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Ushbu maqolada XX asr o‘zbek adabiyotining yorqin vakili Usmon Nosir ijodining o’ziga xos jihatlari ilmiy-adabiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Shoirning lirik merosi, poetic tafakkuri, tabiat va inson ruhiyatini tasvirlash mahorati, Vatan, muhabbat, erkinlik, hayot va ijod kabi tushunchalarning badiiy talqini yoritiladi. Usmon Nosir ijodining o‘zbek she’riyatidagi yangilanish jarayoniga qo‘shgan hissasi, so‘z va obrazdan foydalanish mahorati hamda Sharq va G‘arb adabiy an’analarini o‘zlashtirish xususiyatlari tadqiq etiladi. Shuningdek, shoirning Pushkin va Lermontov asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishi uning tarjimonlik faoliyatining milliy adabiyot rivojidagi ahamiyati bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi. Maqolada Usmon Nosir ijodining bugungi yosh avlod ma’naviy-estetik tarbiyasidagi ahamiyatiga ham alohida e’tibor qaratiladi.
Source: Universal.
Language: Uzbek
Subfield: Literature and Literary Theory
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7221442455
