SO'FI OLLOYORNING «MAHZANUL MUTIIN» ASARI SHAXSIY NUSXASINING KODIKOLOGIK-MATNSHUNOSLIK TAVSIFI VA O'zR FA SHI 4982-RAQAMLI NUSXA BILAN QIYOSIY TADQIQ MASALALARI
Year: 2026
Type: article
Abstract: Tezisda So'fi Olloyorning (1043/1634 – 1133/1721 yoki 1136/1724) fiqh va kalomga oid «Mahzanul Mutiin» asarining tadqiqotchi shaxsiy kutubxonasida saqlanayotgan qo'lyozma nusxasini ilmiy muomalaga kiritish masalasi yoritiladi. Asar bo'yicha mavjud xulosalar yagona — O'zR FA Sharqshunoslik instituti fondidagi 4982-raqamli — nusxaga tayanadi. Raqamli suratlar asosida shaxsiy nusxaning dastlabki kodikologik belgilari (varaqlash, qizil siyohli manba havolalari va «matlab» sarlavhalari, forscha hoshiya va ilova, yakuniy qayd) aniqlandi hamda ikki nusxani kollatsiya qilish orqali hal etilishi mumkin bo'lgan matnshunoslik masalalari belgilandi.
Author: Qurbonov Xayrulla Yunusovich
Language: Uzbek
Subfield: History
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7221587390
