Work

Mustaqillik Yillarida Avtomobilsozlik Va Energetika Taraqqiyoti.

Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada mustaqillik yillarida (1991–2023) Samarqand viloyatida avtomobilsozlik va energetikaning tarixiy rivojlanishi mintaqaviy darajada tahlil qilinadi. Viloyatda еngil avtomobil emas, avtobus va yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan: o'zbek–turk «SamKochavto» qo'shma korxonasidan (1996) Yaponiyaning «Isuzu Motors» kompaniyasi bilan hamkorlikdagi «SamAvto»gacha bo'lgan yo'l ko'rsatilgan. Statistik ma'lumotlar va muallif hisob-kitoblariga ko'ra, avtobus va yuk avtomobillarining ulushi 2001, 2007 va 2011-yillarda umumiy avtomobil ishlab chiqarishning taxminan 1 foizini tashkil etgan. Energetikada viloyat quvvati 43,1 MVt bo'lgan kichik GESlar kaskadiga tayanadi (quvvatning 93 foizi 1945–1962-yillarda qurilgan); rejalashtirilgan quyosh va kichik GES loyihalarining umumiy quvvati esa 347,5 MVt. Loyiha ma'lumotlariga ko'ra, kichik GESlarning 1 MVt quvvatga rejalashtirilgan qiymati quyosh stansiyalarinikidan taxminan 3,3 baravar yuqori. Xulosada ikki tarmoq turli mantiqda rivojlangani va respublika tendensiyalarini mintaqaviy materiallar bilan to'ldirish zarurligi qayd etilgan.
Language: English
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7221647580
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: