Deontologik Yondashuvlar Asosida Talabalarda Zamonaviy Kasbiy Ko'nikmalarni Rivojlantirish Metodikasi
Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada pedagogik deontologiyaning mazmun-mohiyati, o‘qituvchining kasbiy-axloqiy mas’uliyati hamda ta’lim jarayonida o‘quvchi shaxsining qadr-qimmatini hurmat qilish tamoyillari tahlil qilingan. O‘quvchining o‘zlashtirishidagi qiyinchiliklar sababli jamoat oldida tanqid qilinishi bilan bog‘liq pedagogik vaziyat keys-stadi yondashuvi asosida o‘rganilib, uning o‘quvchining psixologik holati, o‘ziga bo‘lgan ishonchi va ta’limiy motivatsiyasiga ehtimoliy ta’siri yoritilgan. Shuningdek, mazkur vaziyat pedagogik takt, adolat, xolislik, insonparvarlik va kasbiy mas’uliyat tamoyillari nuqtayi nazaridan tahlil etilgan. Muammoni bartaraf etishga qaratilgan pedagogik yechimlar, jumladan, individual yondashuv, konstruktiv fikr-mulohaza, psixologik xavfsiz ta’lim muhitini yaratish hamda pedagogik muloqot madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola xulosalari pedagogik deontologiya tamoyillariga rioya etish o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi ishonchli munosabatlarni mustahkamlash hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini asoslashga yo‘naltirilgan.
Source: Arabian journal of science.
Language: English
Topic: Values and Moral Education
Subfield: Education
Field: Social Sciences
Domain: Social Sciences
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7221751452
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
