Sun'iy Intellekt Transformatsiyasi Sharoitida Ta'lim Va Tarbiya Jarayonida Emotsional Kapitalni Rivojlantirish Metodikasini Takomillashtirish
Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada sun’iy intellekt transformatsiyasi sharoitida ta’lim va tarbiya jarayonida emotsional kapitalni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish masalalari ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda emotsional kapital shaxsning hissiy, ijtimoiy va madaniy resurslarini uyg‘unlashtiruvchi psixopedagogik kategoriya sifatida talqin qilinadi hamda uning tarkibiy komponentlari - emotsional intellekt, empatiya, psixologik barqarorlik va madaniy sezgirlikning raqamli muhitdagi o‘zaro ta’siri ochib beriladi. Sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim jarayoniga ta’siri, ularning emotsional barqarorlik va insoniy munosabatlarga ko‘rsatadigan ijobiy va salbiy jihatlari aniqlanadi. Maqolada diagnostika, rivojlantirish, monitoring va refleksiya bosqichlarini o‘z ichiga oluvchi emotsional kapitalni rivojlantirishning integrativ metodik modeli taklif etiladi. Taklif etilgan yondashuv raqamli transformatsiya sharoitida inson omilini saqlab qolish, empatiya, kommunikativ madaniyat va psixologik farovonlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Author: Axmedova Gulnoza Muzaffar qizi
Language: English
Subfield: Information Systems
Field: Computer Science
Domain: Physical Sciences
SDG: Quality education
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7221808646
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
