Work

Payariq Va Pastdarg'om Tumanlarida Yetishtirilgan Baliqlardan Tayyorlangan Konservalarning Toksik Elementlar Bo'yicha Xavfsizligi

Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada Payariq va Pastdarg'om tumanlarida yetishtirilgan zog'ora baliq, do'ngpeshona va laqqadan tayyorlangan tomat sousidagi konservalarda simob, mishyak, qo'rg'oshin, rux, nikel va temir miqdori aniqlangan. Mishyak, qo'rg'oshin va rux miqdori ruxsat etilgan me'yorlarning mos ravishda 2–5, 10–40 va 4,5–6,2 % ini tashkil etdi, nikel aniqlanmadi. Zog'ora va do'ngpeshona konservalarida simob miqdori 0,31–0,35 mg/kg bo'lib, yirtqich bo'lmagan baliqlar uchun belgilangan me'yordan 1,03–1,17 baravar yuqori bo'ldi. Yirtqich laqqada simob eng ko'p to'plangan (0,46 mg/kg), biroq yirtqich baliqlar me'yoridan past bo'ldi. Natijalar suv havzalarini simob bo'yicha monitoring qilish zarurligini ko'rsatadi.
Language: English
Subfield: Food Science
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7222211746
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: