Psevdotumoroz Pankreatit Va Me'da Osti Bezi Saratonida Klinik-laborator Ko'rsatkichlarning Diagnostik Qiymati
Year: 2026
Type: article
Study design: Observational Study
Abstract: Ushbu tadqiqotda meda osti bezining eng murakkab differensial diagnostika qilinadigan patologiyalari — psevdotumoroz (shishsimon) pankreatit va me'da osti bezi saratoni (adenokarsinomasi) bo'lgan bemorlarda klinik-laborator ko'rsatkichlarning diagnostic qiymati baholangan. An'anaviy vizual tekshiruv usullari (UZD, MSKT) ushbu ikki kasallikda ko'pincha bir xil hajmli hosila ko'rinishini berishi sababli, laborator testlar noinvaziv diagnostikada muhim o'rin tutadi. Tadqiqot doirasida qon zardobidagi o'sma markerlari (CA 19-9, CEA), yallig'lanish ko'rsatkichlari (C-reaktiv oqsil, Leykotsitlar formulasi, EChT) va fermentlar (amilaza, lipaza) darajasi qiyosiy tahlil qilindi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, CA 19-9 markerining yuqori titrlari (>100 U/ml) saraton kasalligi uchun yuqori o'ziga xoslikka ega bo'lsa-da, xavfsiz psevdotumoroz pankreatitda ham sariqlik fonida vaqtinchalik ortishi kuzatilgan. Laborator ko'rsatkichlarni (CA 19-9 va CRO) birgalikda (kombinatsiyalangan holda) baholash differensial diagnostika aniqligini (sezuvchanlik – 86.4%, o'ziga xoslik – 82.1%) sezarli darajada oshirishi aniqlandi.
Author: Ikromova, Munisa Normurod qizi
Language: English
Subfield: Oncology
Field: Medicine
Domain: Health Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7222344973
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
