Work

Deputatning Ijtimoiy-huquqiy Kafolatlari: Qonunda Belgilangan Va Amalda Ta‘minlanadigan Daraja

Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining ijtimoiy-huquqiy kafolatlari ularning qonunda belgilanish va amalda ta‘minlanish darajasi jihatidan tahlil qilinadi. Kafolatlar to‘rt guruhga, ya‘ni siyosiy-huquqiy, mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-moddiy kafolatlarga ajratiladi. Milliy qonunchilik Germaniya tajribasi hamda Venetsiya komissiyasi, Yevropa inson huquqlari sudi va Parlamentlararo ittifoq standartlari bilan qiyosan o‘rganiladi. Tahlil daxlsizlik va mehnat kafolatlari batafsil belgilanganini, biroq deputat mehnatiga haq to‘lash, deputat yordamchisini moliyalashtirish, deputat so‘roviga javob berilishini kuzatish hamda daxlsizlikdan mahrum qilish mezonlari yetarlicha tartibga solinmaganini ko‘rsatadi. Maqolada ushbu bo‘shliqlarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar beriladi.
Language: English
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7222391072
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: