Work

Raqamli Ta’lim Muhitida Yuridik Terminologiyani O‘qitishning Samarali Metodlari

Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada raqamli ta’lim muhitida yuridik terminologiyani o‘qitishning samarali metodlari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari hamda ularning ta’lim jarayonidagi didaktik ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, bo‘lajak huquqshunoslarning xorijiy tildagi kasbiy-terminologik kompetentligini rivojlantirishda elektron ta’lim platformalari, interaktiv topshiriqlar, multimedia vositalari, raqamli lug‘atlar va autentik yuridik matnlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Yuridik terminlarni kontekst asosida o‘rgatish, muammoli vaziyatlar orqali mustahkamlash va kasbiy muloqotga yo‘naltirilgan mashqlarni tashkil etish talabalarning terminologik bilimlarini chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Maqolada raqamli ta’lim vositalarini an’anaviy o‘qitish metodlari bilan uyg‘unlashtirish, talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini faollashtirish hamda o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy vaziyatlarda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijalari yuridik terminologiyani o‘qitish jarayonini takomillashtirish va bo‘lajak huquqshunoslarning kasbiy til tayyorgarligini oshirishga qaratilgan metodik yondashuvlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Language: English
Subfield: Education
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7222770779
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: