Work

SO‘FI OLLOYORNING «MAHZANUL MUTIIN» ASARI SHAXSIY NUSXASINING KODIKOLOGIK-MATNSHUNOSLIK TAVSIFI VA O‘zR FA SHI 4982-RAQAMLI NUSXA BILAN QIYOSIY TADQIQ MASALALARI

Year: 2026
Type: conference-paper
Abstract: Tezisda So‘fi Olloyorning (1043/1634 – 1133/1721 yoki 1136/1724) fiqh va kalomga oid «Mahzanul Mutiin» asarining tadqiqotchi shaxsiy kutubxonasida saqlanayotgan qo‘lyozma nusxasini ilmiy muomalaga kiritish masalasi yoritiladi. Asar bo‘yicha mavjud xulosalar yagona — O‘zR FA Sharqshunoslik instituti fondidagi 4982-raqamli — nusxaga tayanadi. Raqamli suratlar asosida shaxsiy nusxaning dastlabki kodikologik belgilari (varaqlash, qizil siyohli manba havolalari va «matlab» sarlavhalari, forscha hoshiya va ilova, yakuniy qayd) aniqlandi hamda ikki nusxani kollatsiya qilish orqali hal etilishi mumkin bo‘lgan matnshunoslik masalalari belgilandi.
Language: Uzbek
Subfield: History
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7222787829
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10