Year: 2025
Type: conference-paper
Abstract: Ushbu matnda psixologiyada kuzatish metodining mohiyati, turlari va qo‘llanilish sohalari yoritib berilgan. Kuzatish — voqelikdagi hodisalarni rejali, tizimli va mukammal tarzda idrok qilish orqali psixik holatlarni o‘rganishga xizmat qiluvchi asosiy ilmiy metodlardan biridir. Metodning obyektiv (tashqi) va subyektiv (o‘zini-o‘zi) turlari mavjud bo‘lib, ular insonning xatti-harakati, his-tuyg‘ulari, nutqi va faoliyatini o‘rganishda qo‘llaniladi. Kuzatish jarayonida ilmiy xulosalar chiqariladi, farazlar ilgari suriladi va psixik holatlar tahlil qilinadi. Matnda kuzatish metodining tarixiy rivoji, uni qo‘llash shartlari va bosqichlari ham ko’rsatib o’tilgan
Authors: Moxira O’tkurova, Sevara Usmanova
Institution: University of Tashkent for Applied Sciences
Language: Uzbek
Subfield: General Psychology
Field: Psychology
Domain: Social Sciences
Keywords: observation method, psychological observation
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7222842408
