Work

Maktabgacha Ta'lim Tashkiloti Pedagoglarining Ijodiy Faolligini Oshirishda Direktorning Boshqaruv Roli

Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada maktabgacha ta'lim tashkiloti (MTT) direktorining boshqaruv faoliyati pedagoglarning ijodiy faolligini oshirishdagi o'rni normativ-huquqiy hujjatlar, Milliy statistika qo'mitasining 2021–2025-yillar ma'lumotlari va ilmiy adabiyotlar tahlili asosida yoritilgan. Statistik tahlil shuni ko'rsatdiki, 2021–2025-yillarda MTT soni 27 198 tadan 39 283 taga (+44,4 %), tarbiyalanuvchilar soni 1 779,0 mingdan 2 533,3 ming nafarga (+42,4 %), pedagog xodimlar soni 117,0 mingdan 179,5 ming nafarga (+53,4 %) oshgan; 3–6 yoshli bolalarning qamrovi 62,0 % dan 74,0 % ga yetgan. Bitta pedagogga o'rtacha 14,1 nafar bola, bitta MTTga esa o'rtacha 4,6 nafar pedagog to'g'ri keladi, ya'ni jamoalar kichik va direktorning shaxsiy rahbarligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tadqiqot natijasida direktorning boshqaruv rolining to'rt komponentli modeli (strategik rejalashtirish; kasbiy rivojlantirish; motivatsiya; ijodiy muhit) hamda ijodiy faollik indeksining ko'rsatkichlari taklif etildi.
Language: English
Subfield: Education
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7222870568
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: