Work

Boshlang'ich Sinf O'quvchilarining Intellektual Hislarini Shakllantirishning Nazariy-metodologik Asoslari

Year: 2026
Type: article
Abstract: mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida intellektual hislarni shakllantirishning nazariy va metodologik asoslari, xususan, inson psixikasidagi kognitiv (bilish) va affektiv (emotsional) sohalarning o'zaro uzviy bog'liqligi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Maktab yoshidagi bolalarda ta'lim faoliyati davomida yuzaga keladigan akademik emotsiyalar, jumladan, epistemik va yutuq emotsiyalarining shaxs intellektual rivojlanishidagi o'rni yetakchi psixologik-pedagogik yondashuvlar asosida yoritib berilgan. Intellektual hislarning bolaning o'quv motivatsiyasini oshirishi, irodaviy sifatlarini mustahkamlashi va emotsional regulyatsiya ko'nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati ilmiy asoslangan. Shuningdek, dars va darsdan tashqari mashg'ulotlar jarayonida o'qituvchi tomonidan yaratiladigan rag'batlantiruvchi ijtimoiy-psixologik muhit bolaning barqaror aqliy faoliyati va komil shaxs sifatida shakllanishi uchun asosiy poydevor vazifasini o'tashi xulosa qilingan.
Language: English
Subfield: Education
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7222903960
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: