Work

O'zbekistonda Tijorat Banklari Depozitlari Va Kreditlari O'rtasidagi Bog'liqlik: 2019–2026-yillar Statistik Tahlili

Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada O'zbekiston tijorat banklarining depozitlari va kreditlari o'rtasidagi bog'liqlik statistik jihatdan o'rganiladi. Depozitlar banklarning muhim moliyalashtirish manbai, kreditlar esa moliyaviy vositachilikning asosiy yo'nalishi sifatida qaraladi. Markaziy bankning ochiq ma'lumotlari asosida kredit va depozit portfellari o'sishi, kredit/depozit nisbati va ularning bank tizimi barqarorligidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Rasmiy taqqoslanadigan ko'rsatkichlar 2025-yil yakuni va 2026-yilning mavjud davriy kesimlari bilan yoritiladi. Natijalar depozitlar kreditlardan tezroq o'sishi mumkinligini, shu sababli banklar moliyalashtirish manbalari, likvidlik va muddatlar nomutanosibligini birgalikda boshqarishi kerakligini ko'rsatadi. Yakunda statistik ochiqlik, depozit bazasini diversifikatsiya qilish va kredit risklarini baholash bo'yicha takliflar beriladi.
Language: English
Subfield: Finance
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7222906210
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: