Ingliz Va O‘zbek Aviatsiya Diskursida Terminologik Ekvivalentlikning Semantik Va Pragmatik Mezonlari
Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada ingliz va o‘zbek aviatsiya diskursidagi terminologik ekvivalentlik tushunchaviy mazmun, til shakli va kommunikativ vazifa munosabati asosida o‘rganiladi. Material sifatida Federal Aviation Administrationning Pilot/Controller Glossary elektron lug‘atidagi tanlangan birliklar hamda O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksida qayd etilgan o‘zbekcha terminlar olinadi. . Rasmiy manbada uchraydigan o‘zbekcha terminlar muallif taklif qilayotgan izohli muqobillardan farqlanadi. Tahlil aerodrome va aircraft kabi nominativ birliklarda tushuncha hajmini, clearance va instructions birliklarida esa institutsional vazifani saqlash zarurligini ko‘rsatadi. READ BACK formulasi misolida terminologik nominatsiya bilan operatsion nutq formulasi o‘rtasidagi chegara yoritiladi.
Language: English
Subfield: Language and Linguistics
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7223175348
