Work

Nutq Buzilishlarining Asosiy Omillari Va Ularning Tasnifi

Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada nutq buzilishlarining kelib chiqish sabablari, ularning asosiy etiologik omillari va tasniflash mezonlari nazariy jihatdan tahlili bayon etilgan. Nutq insonning ijtimoiy munosabatlarga kirishishi, fikrlarini ifodalashi, bilimlarni o‘zlashtirishi va shaxs sifatida rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan murakkab psixofiziologik jarayondir. Nutqning shakllanishi va rivojlanishi markaziy asab tizimi, eshitish qobiliyati, nutq apparatining anatomik va funksional holati, bilish jarayonlari hamda ijtimoiy muhit bilan uzviy bog‘liq. Ushbu tizimlarning rivojlanishi yoki faoliyatida yuzaga keladigan turli o‘zgarishlar nutqning fonetik, fonologik, leksik, grammatik va kommunikativ jihatlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Maqolada nutq buzilishlarining biologik, genetik, neyrofiziologik, psixologik, ijtimoiy va organik omillari yoritilib, ularning o‘zaro aloqadorligi tahlil etiladi. Shuningdek, prenatal, perinatal va postnatal davrlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf omillarining nutq rivojlanishiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Nutq buzilishlarini ichki va tashqi omillar asosida tasniflashning nazariy va amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratiladi. Maqolada etiologik omillarni o‘rganish nutq buzilishlarini o‘z vaqtida aniqlash, differensial diagnostika qilish, individual korreksion-pedagogik yondashuvlarni tanlash va profilaktik tadbirlarni tashkil etish uchun muhim ekani asoslanadi. Tadqiqotning nazariy-tahliliy yo‘nalishi nutq buzilishlari etiologiyasini tizimli o‘rganish hamda logopedik amaliyotda biologik, psixologik va ijtimoiy omillarni birgalikda hisobga olish zarurligini ko‘rsatishga qaratilgan.
Field: Psychology
Open Access status: bronze
OpenAlex ID: W7223323062
FWCI:
Cites: 5
Cited by:
Related to: 10