Oʻzbekistonda Sanoat Korxonalarini Hududiy Joylashtirishning Hozirgi Holati Va Uni Takomillashtirish Yoʻnalishlari
Year: 2026
Type: article
Abstract: Tezisda Oʻzbekistonda sanoat korxonalarini hududiy joylashtirishning hozirgi holati 2025-yil rasmiy statistik ma'lumotlari asosida tahlil qilingan. Hududlar kesimida sanoat mahsuloti hajmi va aholi jon boshiga ishlab chiqarish, Xerfindal–Xirshman va Guver indekslari hisoblanib, ishlab chiqarishning uchta hududda jamlanganligi va hududlararo tafovut darajasi baholangan. Maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari va texnoparklarning sanoatdagi oʻrni, samaradorligi hamda infratuzilma bilan bogʻliq muammolari koʻrib chiqilgan. Tahlil asosida sanoatni hududiy joylashtirishni takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari, jumladan, zonalar tarmogʻini yiriklashtirish va hududiy ixtisoslashuvni ilmiy asoslash taklif etilgan.
Author: Kudratov, Muhammad Rustamovich
Language: English
Subfield: Economics and Econometrics
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7223471312
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to:
