Work

Xalqaro Tajribalar Asosida Bo'lajak Boshlang'ich Sinf O'qituvchilarida Kreativ Fikrlashini Rivojlantirishning Pedagogik Imkoniyatlari

Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada xalqaro tajribalar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ fikrlashni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari, metodologik yondashuvlari va samarali ta’lim strategiyalari tahlil qilinadi. Kreativ fikrlashning mazmuni, uning kichik maktab yoshidagi bolalar intellektual rivojlanishi bilan aloqasi hamda ta’lim jarayonidagi ahamiyati yoritiladi. OECD tomonidan ishlab chiqilgan PISA kreativ fikrlashni baholash konsepsiyasi, o‘quvchilarning mustaqil g‘oya yaratishi, turli yechimlarni taklif qilishi, mavjud g‘oyalarni baholashi va takomillashtirishi bilan bog‘liq yondashuvlar o‘rganiladi. Shuningdek, muammoli ta’lim, loyiha asosida o‘qitish, tadqiqotga yo‘naltirilgan ta’lim, STEAM yondashuvi va hamkorlikdagi faoliyatning imkoniyatlari ochib beriladi. Xalqaro tajribalarni milliy boshlang‘ich ta’lim sharoitiga moslashtirish bo‘yicha pedagogik tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Language: Uzbek
Field: Psychology
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7224106305
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10