Work

Islomiy Banklaring Moliyaviy Barqarorligi: An'anaviy Banklar Bilan Qiyosiy Tahlil Va O'zbekiston Uchun Xulosalar

Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada islomiy banklarning moliyaviy barqarorligi an'anaviy banklar bilan solishtirilib baholanadi. Tadqiqot strukturalashtirilgan qiyosiy adabiyot sharhi usuliga tayanadi. Chihak va Hesse (2010), Hasan va Dridi (2010), Beck va boshq. (2013) tadqiqotlari hamda Islomiy moliyaviy xizmatlar kengashi (IFSB) 2024-2025-yillardagi barqarorlik hisobotlari ma'lumotlari tahlil qilindi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, islomiy banklarning barqarorligi bank hajmi, tahlil davri va mamlakat sharoitiga bog'liq: kichik islomiy banklar kichik an'anaviy banklardan barqarorroq, yirik islomiy banklar esa yirik an'anaviy banklardan kamroq barqaror bo'lgan. 2008-2009-yillardagi inqirozda islomiy banklarning yuqori kapitallashuvi va aktivlar sifati kreditlash faolligini saqlashga yordam bergan, biroq 2009-yilda ayrim banklarda foyda keskin pasaygan. Muallifning tahliliy xulosasiga ko'ra, farq foiz taqiqining o'zidan emas, ko'proq kapital zaxirasi va risklarni boshqarish sifatidan kelib chiqadi. Maqola O'zbekistonda 2026-yil mart oyida qabul qilingan Islomiy bank to'g'risiidagi qonun sharoitida tavsiyalar beradi.
Language: English
Subfield: Accounting
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7224172279
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10