Boshlang'ich Sinf O'quvchilarining Ongli O'qish Ko'nikmalarini Rivojlantirishda Tabaqalashtirilgan Yondashuv (egra-u Diagnostikasi Asosida)
Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining ongli o'qish ko'nikmalarini rivojlantirishda diagnostika natijalariga tayanadigan tabaqalashtirilgan yondashuv asoslab berilgan. O'qishning oddiy qarash modeli va EGRA metodologiyasi asosida o'quvchilarning to'rtta diagnostik profili ajratilgan: dekodlash ko'nikmasi shakllanmagan o'quvchi, ravon o'qiydigan, biroq o'qiganini tushunmaydigan o'quvchi, til bazasi zaif o'quvchi va me'yordagi o'quvchi. Har bir profilga muayyan aralashuv yo'nalishi biriktirilgan, o'qituvchi uchun to'rt savoldan iborat qaror daraxti, sinf ichida guruhlash qoidalari va olti-sakkiz haftalik davralar mexanizmi ishlab chiqilgan. Modelning samaradorligini kvazieksperiment orqali tekshirish dasturi bayon etilgan.
Author: Ne'matova, Diyora Baxodir qizi
Language: Uzbek
Subfield: Developmental and Educational Psychology
Field: Psychology
Domain: Social Sciences
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7224280667
