Work

Boshlang'ich Sinf Darsliklarida Kreativ Fikrlashni Rivojlantiruvchi Topshiriqlarning Mazmuni, Turlari Va Didaktik Imkoniyatlari

Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf darsliklarida o‘quvchilarning kreativ fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiluvchi topshiriqlarning mazmuni, turlari va didaktik imkoniyatlari pedagogik nuqtayi nazardan yoritilgan. Kreativ fikrlashning boshlang‘ich ta’lim jarayonidagi ahamiyati, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, muammoli vaziyatlarga noodatiy yechim topishi, o‘z g‘oyalarini ilgari surishi hamda mavjud bilimlarni yangi sharoitlarda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari tahlil qilingan. Kreativ topshiriqlarni o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, individual qobiliyatlari va bilish ehtiyojlariga muvofiq tanlash hamda ularni dars jarayoniga izchil tatbiq etish bo‘yicha metodik yondashuvlar asoslangan. Maqolada kreativ fikrlashni rivojlantiruvchi topshiriqlar tizimini takomillashtirish orqali ta’lim samaradorligini oshirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratilgan.
Source: IQRO
Language: Uzbek
Field: Psychology
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7224356066
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10