Harbiy Xizmatchilarda Kasbiy Faoliyat Davomida Hissiy Kuyish (emotsional Burn-out) Sindromining Ijtimoiy-psixologik Psixoprofilaktikasi
Year: 2026
Type: article
Study design: Observational Study
Abstract: Ushbu maqolada harbiy xizmatchilarda kasbiy faoliyat davomida hissiy kuyish (emotsional burnout) sindromining nazariy asoslari - uning uch komponentli model va ish talablari-resurslari (JD-R) modeli nuqtai nazaridan tahlili - xorij tadqiqotlari misolida yoritilgan. Maqolada boshqaruv bo'g'ini (ofitser tarkibi, serjant tarkibi, oddiy xizmatchilar) kesimida hissiy kuyish darajasi K.Maslach va S.Jekson tomonidan ishlab chiqilgan Maslach Burnout Inventory (MBI) metodikasi hamda Kruskal-Uollis H mezoni yordamida empirik o'rganilgan. Tadqiqot natijalari ofitser tarkibida hissiy kuyish ko'rsatkichlarining boshqa guruhlarga nisbatan sezilarli darajada yuqori ekanligini ko'rsatdi. Tadqiqot yakunida harbiy qismlarda, ayniqsa boshqaruv bo'g'ini xodimlari uchun hissiy kuyishning oldini olishga qaratilgan ijtimoiy-psixologik psixoprofilaktika dasturini joriy etish bo'yicha tavsiyalar berilgan.
Author: Tursunov, Kamariddin G'ulomovich
Language: Uzbek
Topic: Stress and Burnout Research
Subfield: Social Psychology
Field: Psychology
Domain: Social Sciences
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7224522127
