Psixologiyada Fundamental Tadqiqotlarning Asosiy Yo'nalishlari Va O'zbekistondagi Holati
Year: 2026
Type: article
Abstract: Annotatsiya. Maqolada psixologiya fanida fundamental tadqiqotlarning nazariy-metodologik asoslari, asosiy yo‘nalishlari va ularning zamonaviy fan taraqqiyotidagi ahamiyati tahlil qilingan. Ong, kognitiv jarayonlar, shaxs va individual farqlar, psixik rivojlanish, emotsiya va motivatsiya, neyrobiologik mexanizmlar, psixogenetika, ijtimoiy xulq-atvor hamda madaniyatlararo tafovutlar fundamental tadqiqotlarning muhim yo‘nalishlari sifatida yoritilgan. Shuningdek, fundamental va amaliy tadqiqotlarning o‘zaro aloqasi, ilmiy natijalarning takrorlanuvchanligi, ochiq fan tamoyillari va ilmiy bilimlarning amaliyotga tatbiq etilishi ko‘rib chiqilgan. O‘zbekistonda psixologik tadqiqotlarning hozirgi holati nazariy-analitik yondashuv asosida baholanib, amaliy tadqiqotlarning ustunligi, fundamental izlanishlarni institutsional qo‘llab-quvvatlash zarurati va ayrim yo‘nalishlardagi mavjud cheklovlar tahlil qilingan. Psixologiya fanining fundamental bazasini rivojlantirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish va tadqiqotlarda ochiq fan tamoyillarini joriy etishga doir takliflar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: psixologiya, fundamental tadqiqotlar, amaliy tadqiqotlar, psixika, ong, kognitiv jarayonlar, neyropsixologiya, psixogenetika, ilmiy metodologiya, ochiq fan, O‘zbekiston.
Authors: Shoumarov, G'ayrat, Atadjanov, Mamirjon
Language: Uzbek
Subfield: General Psychology
Field: Psychology
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7224565370
