O'quvchilarning Saralab Va Tanqidiy O'qib Tushunish Kompetentligini Rivojlantiruvchi Darslik Matnlari Tizimini Loyihalash (ijtimoiy-gumanitar Fanlar Misolida)
Year: 2026
Type: article
Abstract: Annotatsiya. Maqolada ijtimoiy-gumanitar fanlar darsliklari uchun matnlar tizimini loyihalashning nazariy-metodik asoslari tahlil qilinadi. Bu tizim o‘quvchiga axborotni maqsadga muvofiq saralash, manbani tekshirish va asoslangan xulosa chiqarishda yordam berishga mo‘ljallangan. O‘qib tushunishning kognitiv modellari, ko‘p manbali o‘qishga oid tadqiqotlar va PISA 2022 dasturidagi o‘qish savodxonligiga yondashuv qiyosiy o‘rganiladi. Matnlar majmualari asosiy vazifasiga ko‘ra besh turga ajratiladi. Manba haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish shakli, uch bosqichli topshiriqlar ketma-ketligi va to‘rt mezonli baholash jadvali taklif etiladi. 6-sinfning “Ona tili”, “Tarix” va “Tarbiya” fanlari uchun tuzilgan misollar yechimlarni qo‘llash yo‘llarini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: o‘qib tushunish kompetentligi, saralab o‘qish, tanqidiy o‘qib tushunish, darslik matni, manbaning ishonchliligi, ko‘p manbali matn, kognitiv yuklama, ijtimoiy-gumanitar ta’lim.
Author: Umarov, Bahrom
Language: Uzbek
Subfield: Developmental and Educational Psychology
Field: Psychology
Domain: Social Sciences
SDG: Quality education
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7224609735
