Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada oziq-ovqat mahsulotlariga narxni shakllantirish muammolari va mahsulot tannarxiga ta’sir etuvchi asosiy omillar yoritilgan. Xususan, chuchvara yarimfabrikatini ishlab chiqarish misolida moddiy xarajatlar, mehnat haqi, kommunal to‘lovlar, soliqlar va korxona foydasini hisobga olgan holda narxni shakllantirish jarayoni tahlil qilingan. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari bozorida talab va taklif mutanosibligi, raqobat muhiti, mahsulot sifati hamda yashirin iqtisodiyotning narx belgilashga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Mahsulotning raqobatbardoshligini oshirishda sifat, halollik, gigiyenik qadoqlash va samarali marketing faoliyatining ahamiyati asoslab berilgan.
Author: Xadicha Olimjon qizi Salimjonova
Institution: Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy
Language: English
Domain: Life Sciences
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7224661538
