Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada kamqonlik (anemiya) tashxisi aniqlangan talaba qizlarning ovqatlanish holatini gigiyenik baholash, oziq moddalar bilan ta’minlanganlikning ahamiyati hamda ovqatlanishni optimallashtirish masalalari ilmiy adabiyotlar aso-sida tahlil qilinadi. Reproduktiv yoshdagi ayollarda temir tanqisligi rivojlanishiga hayz ko‘rish bilan bog‘liq fiziologik yo‘qotishlar, ratsionda temirga boy mahsulotlarning yetarli bo‘lmasligi va temirning o‘zlashtirilishiga ta’sir etuvchi ovqatlanish omillari sabab bo‘lishi mumkin. Maqolada gemoglobin va fer-ritin ko‘rsatkichlarining diagnostik ahamiyati, temirning biologik o‘zlashtirilishi, kalsiyning or-ganizmdagi fiziologik vazifalari hamda muvozanat-lashgan ovqatlanish tamoyillari yoritiladi. Shuningdek, pika, geofagiya, geosmin va petrikor tushunchalari, tuproq hidini yoqtirish bilan nooziq-ovqat moddalarini iste’mol qilish istagi o‘rtasidagi ehtimoliy bog‘liqlik tahlil qilinadi. Adabiyotlar tahlili asosida kamqonlikning oldini olish va ovqatlanishni korreksiya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Authors: B.B. Ortikov, Sh.Kh. Tosheva
Institution: Tashkent State Medical University
Language: English
Subfield: Hematology
Field: Medicine
Domain: Health Sciences
Open Access status: hybrid
OpenAlex ID: W7224867282
