Boshlang'ich Sinf O'quvchilarida O'qish Savodxonligini Rivojlantirishning Samarali Pedagogik Usullari
Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish savodxonligini rivojlantirishning pedagogik asoslari hamda matnni tushunishga yo‘naltirilgan samarali ta’lim strategiyalari tahlil qilinadi. O‘qish savodxonligi faqat yozma matnni o‘qish bilan cheklanmay, undagi ma’lumotlarni anglash, asosiy fikrni aniqlash, xulosa chiqarish va o‘qilgan mazmunni baholash ko‘nikmalarini ham qamrab oladi. Tadqiqotda ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish va taqqoslash usullaridan foydalanildi. Xalqaro ilmiy manbalar asosida savol tuzish, asosiy fikrni ajratish, matn mazmunini oldindan taxmin qilish, tushunishni nazorat qilish va grafik organayzerlardan foydalanish strategiyalarining pedagogik imkoniyatlari yoritildi. Tahlil natijasida o‘qish savodxonligini rivojlantirishda strategiyalarni maqsadli, izchil va o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos ravishda qo‘llash muhimligi asoslandi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Author: Asatillayeva, Fazilat Aziz qizi
Institution: Kimyo International University in Tashkent
Language: Uzbek
Subfield: Developmental and Educational Psychology
Field: Psychology
Domain: Social Sciences
SDG: Quality education
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7224903001
