Work

Sport Psixologining Kasbiy Kompetentligini Tadqiq Etishning Zamonaviy Yo'nalishlari Va Metodologik Muammolari

Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolaning maqsadi sport psixologining kasbiy kompetentligi bo'yicha tadqiqotlarni asosiy muammoviy yo'nalishlar kesimida tizimlashtirish va bo'lajak mutaxassislarni tayyorlashga oid metodologik vazifalarni aniqlashtirishdan iborat. Tadqiqot maqsadli tanlangan ilmiy nashrlar hamda professional hujjatlarning narrativ sharhi, qiyosiy tahlili va nazariy umumlashtirilishiga asoslangan. Kompetensiyaviy tayyorlov, kasbiy rivojlanish, identiklik, ishchi munosabatlar, jamoaviy va tashkiliy muhit, psixologik farovonlik hamda raqamli sport kontekstiga oid dalillar qiyoslandi. Tahlilda konseptual modellar, empirik kuzatuvlar va professional tavsiyalarning ilmiy maqomi farqlandi. Sportchining psixologik ko'nikmalarini sport psixologining kompetentligi bilan tenglashtirish, subyektiv bahoni faoliyat samaradorligining bevosita ko'rsatkichi sifatida olish va kibersport dalillarini fidjital sportga tekshiruvsiz ko'chirish metodologik muammolar sifatida ko'rsatildi. Bo'lajak sport psixologlarini tayyorlashda kasbiy vazifalar, kuzatiladigan xatti-harakatlar va natija mezonlarini o'zaro muvofiqlashtirish tavsiya etildi. Takliflarning mahalliy sharoitdagi samaradorligi keyingi empirik tekshiruvni talab qiladi.
Language: Uzbek
Field: Psychology
Open Access status: diamond
OpenAlex ID: W7224999735
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10