Qasida: Ota-ona Ham Inson
Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu qasidani yozishdan maqsadim faqat farzandlar haqida emas, balki ota-onalar haqida ham fikr bildirishdir. Chunki bu hayotda hamma narsa bo'ladi. Ota-onalar ham xato qiladi, axir hech kim mukammal emas.Men bu qasida orqali bir narsani aytmoqchiman: men o'z maqsadimga erishdim, o'qishga kirdim. Ota-onam ham oxir-oqibat meni tushundi. Ammo men erishgan marraga boshqalar ham erisha olmasligi mumkin. Shuning uchun ularga aytmoqchi bo'lgan gapim bor:Orzu qildingizmi, demak, harakat qiling! Tushkunlikka tushib, orzularingizdan voz kechmang. Balki ota-onangiz ham bir kun kelib sizni tushunar.Men bu so'zlarni faqat «o'qinglar» deyish uchun yozmayapman. Hayotda o'z o'rningiz, o'z kasbingiz va o'z qadringiz bo'lishi uchun harakat qiling. Hech bo'lmasa, bitta hunar egasi bo'ling, biror kasbni egallang.Hatto erta turmushga chiqib ketsangiz ham, o'z orzularingizdan voz kechmang. Ertaga kimningdir o'g'li sizga qarab: «Sen men uchun hech kimsan», deb aytmasligi uchun bugundan o'z ustingizda ishlang. O'z qadringizni biling, mustaqil bo'lishga intiling.Aziz qizlar, orzu qilishdan qo'rqmang! O'z orzularingiz sari dadil qadam tashlang. Chunki bu hayot har birimizga bir marta beriladi. Uni faqat boshqalarning istaklari bilan emas, o'z orzularingiz bilan ham yashang!
Language: English
Subfield: Literature and Literary Theory
Field: Arts and Humanities
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7225015434
