Work

O'z-o'ziga Munosabat Va Tanqid Qilinishdan Qo'rquv Xususiyatlarining Oilaviy Holatga Ko'ra Namoyon Bo'lishi

Year: 2026
Type: article
Study design: Observational Study
Abstract: Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘z-o‘ziga munosabat va tanqid qilinishdan qo‘rquvning oilaviy holatga ko‘ra namoyon bo‘lish xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda 1052 nafar respondent (167 nafar ajrashgan, 452 nafar turmush qurgan va 433 nafar turmush qurmagan) V.V. Stolin va S.R. Panteleyevning “O‘z-o‘ziga munosabat” metodikasi hamda M.R. Learining “Tanqid qilinishdan qo‘rquv” metodikasi bo‘yicha so‘rovdan o‘tkazildi. Kruskal-Uollis mezoni asosidagi tahlilga ko‘ra, ajrashganlarda o‘ziga sadoqat, o‘z-o‘ziga munosabat, ichki ziddiyat, o‘zini qadrlash va tanqid qilinishdan qo‘rquv ko‘rsatkichlari eng yuqori, samimiylik va o‘zini idora qilish esa eng past ekanligi aniqlandi (p<0,01). Turmush qurmaganlarda samimiylik va o‘zini idora qilish yuqori, o‘z-o‘ziga ishonch, ichki ziddiyat va tanqiddan qo‘rquv esa past bo‘ldi. Turmush qurganlarda o‘zini qadrlash eng past darajada qayd etildi. O‘z-o‘zini ayblash bo‘yicha guruhlar o‘rtasida farq kuzatilmadi. Natijalar oilaviy holatning shaxsning o‘ziga munosabati va ijtimoiy baholanishga sezgirligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaydi. Kalit so‘zlar: o‘z-o‘ziga munosabat, tanqid qilinishdan qo‘rquv, oilaviy holat, ajrashish, nikoh, ichki ziddiyat, o‘zini qadrlash.
Language: Uzbek
Field: Psychology
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7225103484
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10