O'zbekistonda Yashil Moliyalashtirishni Rivojlantirish: Qayta Tiklanuvchi Energetika Investitsiyalari, Moliyaviy Mexanizmlar Va Istiqbollar
Year: 2026
Type: article
Abstract: Maqolada O'zbekistonda yashil moliyalashtirishning shakllanishi, qayta tiklanuvchi energetika loyihalariga investitsiya jalb qilish mexanizmlari va ularning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi 2020–2026-yillar kesimida o'rganiladi. Milliy strategiyalar, normativ-huquqiy hujjatlar, rasmiy statistika, BMT Taraqqiyot dasturi va Jahon banki materiallari tahlil qilinadi. 2025-yilda quyosh va shamol elektr stansiyalari ishlab chiqarishi 10,5 mlrd kVt·soatdan oshgani, 2026-yil fevralida qayta tiklanuvchi manbalar quvvati 8 000 MVt yoki jami quvvatning 31 foiziga yetgani rasmiy axborotlarda qayd etilgan. "O'zbekiston–2030" strategiyasida qayta tiklanuvchi energiya quvvatini 25 000 MVtga, elektr ishlab chiqarishdagi ulushini 54 foizga yetkazish maqsad qilingan. Yashil kredit, yashil obligatsiya, davlat-xususiy sheriklik, kafolat va aralash moliyalashtirish vositalari tahlil qilinib, risklarni kamaytirish va shaffof monitoring bo'yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Language: English
Subfield: Finance
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7225127903
