Turizm Infratuzilmasini Rivojlantirishning Hududiy Bandlikka Multiplikativ Ta'siri (jizzax Viloyati Misolida)
Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu tezisda turizm infratuzilmasini rivojlantirishning hududiy bandlikka multiplikativ ta'siri Jizzax viloyati misolida baholanadi. Tadqiqotda Statistika qo'mitasining 2019–2025-yillardagi iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha bandlik ma'lumotlari asosida lokalizatsiya koeffitsiyenti, iqtisodiy baza multiplikatori va siljish-ulush (shift-share) usullari qo'llanilgan. Natijalar viloyatda yashash va ovqatlanish xizmatlarida bandlik ulushi respublika darajasidan past ekanligini (lokalizatsiya koeffitsiyenti 0,83), ya'ni turizm hali viloyat iqtisodiyotining eksport bazasiga aylanmaganini ko'rsatadi. Ssenariy hisob-kitoblari turizmning ixtisoslashuv darajasi oshirilsa, bilvosita va induksiyalangan bandlik hisobiga umumiy bandlik sezilarli o'sishi mumkinligini ko'rsatadi. Turizm infratuzilmasi investitsiyalarini bandlik natijalari bilan bog'lash bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Language: English
Subfield: Economics and Econometrics
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7225156465
