Sun'iy Intellektning Inson Ruhiy Salomatligi Va Psixologik Rivojlanishiga Ta'siri
Year: 2026
Type: article
Abstract: Ushbu maqolada zamonaviy axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida inson hayotining ajralmas qismiga aylanib borayotgan sun’iy intellektning ruhiy salomatlik, psixologik rivojlanish va shaxslararo munosabatlarga ta’siri psixologik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida sun’iy intellekt texnologiyalari nafaqat ta’lim, tibbiyot, iqtisodiyot va ishlab chiqarish sohalariga, balki insonning hissiy kechinmalari, tafakkuri, xulq-atvori, qaror qabul qilish jarayonlari hamda ijtimoiy moslashuviga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, insonlarning sun’iy intellekt bilan muntazam muloqot qilishi, undan kundalik muammolarni hal etishda, ma’lumot olishda, maslahatlashishda va ayrim hollarda hissiy qo‘llab-quvvatlash vositasi sifatida foydalanishi yangi psixologik hodisalarni yuzaga chiqarmoqda.
Subfield: Social Psychology
Field: Psychology
Domain: Social Sciences
Open Access status: green
OpenAlex ID: W7225201880
