Work

Oliy Ta’lim Muassasasida Psixolog Xizmatiga Talabalar Munosabatini Empirik-statistik Tahlili.

Year: 2026
Type: article
Study design: Observational Study
Abstract: Mazkur maqolada oliy ta’lim muhitida talaba-yoshlar shaxsining konseptual affektiv-kognitiv tuzilmalari - emotsional intellekt komponentlari hamda shaxslararo munosabatlardagi transakt rol pozitsiyalarining o‘zaro integratsiyasi empirik tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida talabalarning o‘z tuyg‘ularini anglash va boshqarish layoqati, shuningdek, muloqot andozalaridagi “Bola”, “Voyaga yetgan” va “Ota-ona” ego-holatlarining gender hamda yosh mezonlariga ko‘ra tabaqalanish qonuniyatlari o‘rganilgan. Respublikamiz davlat oliy ta’lim muassasalaridan jami 484 nafar talaba-respondent ishtirok etgan tanlanma ko‘rsatkichlari Mann-Uitni U-mezoni va Kruskal-Uollis H-mezoni yordamida matematik-statistik qayta ishlangan. Tahlillar natijasida talabalarning umumiy emotsional intellekti gender jihatdan gomogen xarakterga ega ekanligi, biroq faoliyat drayveri hisoblangan o‘z-o‘zini rag‘batlantirish motivatsiyasida yigitlar statistik ishonchli ustunlikka ega ekanligi isbotlangan. Shuningdek, muloqotdagi “Bola” roli talabalikning adaptiv bosqichlariga ko‘ra dinamik o‘zgarishga ega ekanligi aniqlanib, talabalar shaxsiyatini shakllantirish va ularga proaktiv psixologik ko‘mak ko‘rsatish tizimini optimallashtirish yuzasidan konseptual xulosalar ilgari surilgan.
Field: Psychology
Open Access status: bronze
OpenAlex ID: W7225225175
FWCI:
Cites:
Cited by:
Related to: 10