Year: 2026
Type: article
Abstract: Mazkur maqolada o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish jarayonida psixologik-pedagogik yondashuvlarning ahamiyati va ularni samarali qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilingan. O‘quvchilarning kasbiy qiziqishlari, qobiliyatlari, individual-psixologik xususiyatlari va shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda kasb tanlashga yo‘naltirishning psixologik va pedagogik asoslari yoritilgan. Shuningdek, o‘quvchilarda kasbiy o‘zini anglash, kasbiy motivatsiyani shakllantirish, mustaqil qaror qabul qilish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatga tayyorgarlikni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratilgan. Kasb-hunarga yo‘naltirish jarayonida ta’lim muassasasi, pedagog, psixolog va ota-onalar hamkorligining ahamiyati asoslangan. Maqolada individual, shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy va faoliyatga asoslangan yondashuvlardan foydalanish o‘quvchilarning ongli va to‘g‘ri kasb tanlashiga xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Author: Mashhurbek Nosirovich Xoldorov
Language: Uzbek
Subfield: Applied Psychology
Field: Psychology
Domain: Social Sciences
SDG: Quality education
Open Access status: bronze
OpenAlex ID: W7225304055
